“Shamol ortidan yugurib” va “Tog‘lar ham sado beradi” romanlarida Afg‘oniston tasviri
Dilnoza Ramatjanovna RUZMATOVA filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori dotsent O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Toshkent, O‘zbekiston dishemu2017@gmail.com
Annotatsiya
Afg‘on-amerika adabiyotining yetuk namoyondasi Xolid Husayniyning “Shamol ortidan yugurib” va “Tog‘lar ham sado beradi” romanlarida Afg‘onistonning tolibonlar hukumatidan oldingi va keyingi manzaralari aks etgan bo‘lib, muallif ob’ektiv yondashuv asosida o‘z vatanini haqqoniylik prinsipi yordamida Amerikadan turib bo‘lsada tasvirlay olgan.
Tayanch so‘zlar: diaspora adabiyoti, afg‘on-amerika adabiyoti, Afg‘oniston, Tolibon, makon va zamon, biografik metod, til, madaniyat