“Yevraziya-kinofest” xalqaro kinofestivalida o‘zbekistonlik kino ustalari tomonidan suratga olingan “Shamol odamlari” hujjatli filmi bosh sovringa sazovor bo‘ldi.
Ushbu filmda Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga O‘zbekistonning barcha viloyatlarini velosipedda kezgan Fayzullo, Mardon va Hamroqul ismli keksa do‘stlarning sayohati tasvirlangan.

Taassufki, pandemiya sabab ularning bu manzillarga borish orzusi amalga oshmay qoladi. Oradan ikki yil o‘tib, 73, 79, 83 yoshdagi uch do‘st yana safarga chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Kinokartinada tabarruk nuroniylarimizning maqsad sari olg‘a intilishi, ortga qaytmasligi juda ta’sirchan va samimiy tarzda ko‘rsatib berilgan.
Ushbu filmga Furqat Usmonov prodyuserlik qilgan. G‘oya muallifi –Ali Hamrayev. Ssenariy muallifi va rejissyor – Sherzod Nazarov, Adhamjon Abdurahmonov.
Operator – Javohir Turg‘unov, kompozitor – Jamshid Qosimov. Hujjatli kartinaga atoqli o‘zbek rejissyori Yusuf Roziqov badiiy maslahatchi bo‘lgan.
N.Usmonova,
O‘zA