Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shamol kuchayishi Kaliforniya o‘rmon yong‘inlarining keng miqyosda tarqalishiga sabab bo‘lmoqda
11:59 / 2019-10-29

Kaliforniyada kuchayayotgan o‘rmon yong‘inlari tufayli 200 ming aholi evakuatsiya qilinadi, deyiladi “CNN” xabarida.


Kaliforniyada kuchayayotgan o‘rmon yong‘inlari tufayli 200 ming aholi evakuatsiya qilinadi, deyiladi “CNN” xabarida.

Avvalroq gubernator Gevin Nyus shtatda favqulodda holat joriy qilgandi. Mavjud 58 okrugning 43 tasida qizil darajali xavfdan ogohlantiruv e’lon qilingan. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, deyarli 80 ming uy-joy 220 kvadrat kilometrlik hududni qamragan yong‘in ta’sirida qolgan. Metereologlar yaqin kunlarda shamol kuchayishini aytmoqda, bu esa yong‘in yanada keng miqyosda tarqalishiga sabab bo‘ladi. 

Kommunal xizmatlar tomonidan elektr energiyasining o‘chirib qo‘yilishi vaziyatni yanada mushkullashtirmoqda.