Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi qirolicha Yelizaveta II vafotidan keyin milliarderga aylandi
17:42 / 2022-09-12

Shahzoda Uilyam va uning rafiqasi Keyt Midlton qirolicha Yelizaveta II vafoti va buning natijasida yangi unvonlarga ega bo‘lgach, milliarderga aylandi, deb yozadi Britaniyaning Daily Star gazetasi manbalarga tayanib.

Yelizaveta II vafotidan so‘ng Uilyam Kornuel gersogi unvonini darhol meros qilib oldi va hozir Kornuel va Kembrij gersogi, Keyt esa Kornuel va Kembrij gersoginyasi hisoblanadi. 9-sentyabr, juma kuni Britaniya qiroli Charlz III o‘g‘li Uilyamni Uels shahzodasi, rafiqasi Keytni esa Uels malikasi deb e’lon qildi.

Gazetaga ko‘ra, yangi unvonlarni olganidan so‘ng, shahzoda Uilyamning boyligi hozirda 1,1 milliard funtga baholanmoqda. Kornuel gersogi va Kornuel gersoginyasi unvonlarini olish Uilyam va Keytga katta miqdordagi yer, o‘rmonlar, daryolar va mulklarni meros qilib olishlarini bildiradi, deb yozadi gazeta.

Hozirda Uels shahzodasi va malikasi Angliya va Uelsning 20 ta okrugida 128 ming gektarga yaqin yerga egalik qiladi. Ularning bir qismiga Dartmur milliy bog‘i ham kiradi, deb yozadi nashr manbalarga tayanib.