Shahzoda Uilyam Saudiyaga ilk tashrifini amalga oshiradi
Uels shahzodasi Uilyam Britaniya hukumati iltimosiga binoan, fevral oyida Saudiya Arabistoniga ilk rasmiy tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda Kensington saroyi ma’muriyati ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, 2027 yil nishonlanadigan Qirollik va Podshohlik o‘rtasida diplomatik munosabat o‘rnatilganining 100 yilligi yaqinlashayotgani munosabati bilan uyushtirilayotgan safar davomida tomonlar savdo, energetika va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladilar.
Shu tariqa Shahzoda Uilyam 9-11 fevral kunlari o‘zining bu yilgi ilk xorij rasmiy safariga chiqadi.
Mazkur tashrifga Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer so‘rovi asos bo‘lgan.
G.Sattorova, O‘zA