French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahzoda Karimboyeva: Kitobxonlikdan Amerikagacha... (+video)
16:24 / 2025-08-29

Insonning yuksak muvaffaqiyatlarga, yutuqlarga erishishida albatta u kamolga yetgan, ta’lim-tarbiya olgan muhit alohida o‘rin tutadi.

"Faxringman, Vatan!" loyihasining navbatdagi qahramoni iqtidorli o‘zbek qizi — Shahzoda Karimboyeva. Qoraqalpoq diyorida adabiyotga mehr qo‘ygan Shahzoda bolaligidanoq she’rlar, hikoyalar yozib, o‘z ijod namunalari bilan ko‘pgina ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etdi. Bir nechta she’riy to‘plamlari nashr etildi. 

"Yosh kitobxon - 2019" tanlovining mamlakat bosqichida g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi – "Spark" avtomashinasi bilan taqdirlandi.

2021 yilda Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘lib, Prezident qo‘lidan ushbu mukofotni olishga erishgan. Ushbu mukofot nafaqat uning o‘ziga, balki butun qoraqalpoq qizlariga, ijodkor-ziyolilarga qaratilgan yuksak e’tibor, ishonch, mas’uliyat deb biladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QwHNMSZ0zWE" title="Shahzoda Karimboyeva: Kitobxonlikdan Amerikagacha..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA