Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahzod va Jahongir jahon chempionati oltin medalini qo‘lga kiritdi
23:43 / 2021-04-23

Xushxabar

 

Polshaning Kelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. 23 aprel kuni yigitlar o‘rtasida ikki nafar vakilimiz final jangini o‘tkazdi.

Dastlab -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahzod Muzaffarov hal qiluvchi bellashuvda rossiyalik Yevgeniy Rojovga qarshi jang o‘tkazdi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Shundan so‘ng +91 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov ham armanistonlik Ovanes Papazyanga qarshi final bahsini muvaffaqiyatli o‘tkazib, terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.

Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Shu tariqa boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqada 3 ta oltin, 1 ta kumush va 6 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha qizlar o‘rtasida ham hal qiluvchi bahslar o‘tkazilib, unda jamoamiz 1 tadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan edi.