Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahrixonda “Yoshlar bog‘i” barpo etilmoqda
16:45 / 2021-11-13

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyati Shahrixon tumani Bayroq mahallasi hududida “Yoshlar bog‘i” barpo etilmoqda.

Tuman hokimi Hikmatullo Dadaxonov, sektor rahbarlari boshchiligida bog‘ barpo etishdek xayrli ishda mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari, ayniqsa, yoshlar faol ishtirok etmoqda.  

Mahalla chetidagi zovurning chetlari xas-xashaklardan tozalanib, zamonaviy texnikalar yordamida tekslandi, qo‘shimcha yer o‘zlashtirildi. Natijada 2 gektar yer maydoni tayyorlandi. Ayni kunlarda bu yerga 2 ming tup manzarali va mevali ko‘chatlar o‘tqazish ishlari olib borilmoqda.  

[gallery-4655]

– “Yoshlar bog‘i”ni tashkil etishda tuman yoshlari faol ishtirok etmoqda, – deydi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari Iqboljon Xudoyberdiyev. – Hozirga qadar pavloniya, bexi ko‘chatlari o‘tqazildi. Ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda. Kelgusida ushbu bog‘ Shahrixonning eng ko‘rkam, yashil hududlaridan biriga aylanadi.  

Umuman, ayni kunlarda daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirish doirasidagi dolzarb 40 kunlik tumanning barcha mahallalarida uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.  

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat),

O‘zA