Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahrixonda 41 million 757 ming so‘m miqdoridagi aliment qarzdorlik to‘liq undirib berildi
18:05 / 2021-01-12

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi, uning shahar, tuman bo‘limlari tomonidan aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida zarur ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan aliment buyicha qarzdor N.Qosimovdan sobiq turmush o‘rtog‘i Z.Qosimova foydasiga uch nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun har oy topgan daromadining 3/8 qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan. Biroq, N.Qosimov aliment to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasdan kelganligi oqibatida qarzdorlik miqdori 41 million 757 ming so‘mga yetgan.

Majburiy ijro byurosi Shahrixon tuman bo‘limi ijrochilari tomonidan qarzdorga aliment to‘lovlariga befarqlik bilan qarash, bolalarini ta’minotsiz qoldirish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida tushuntirilgan.

Olib borilgan tushuntirish ishlari va ijro harakatlari natijasida qarzdor N.Qosimov 2020 yilning yakuniga alimentdan bo‘lgan barcha qarzdorligini bartaraf etdi. Ya’ni u jami 41 million 757 ming so‘m aliment pulini tilxat asosida Z.Qosimovaga topshirdi.

F. UBAYDULLAEV, O‘zA