Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahrixon tumani Qalacha mahallasida “ALS TEX” tikuvchilik fabrikasi ish boshladi
15:36 / 2018-03-27

Hududlarda sanoatni rivojlantirish, yangi korxonalar barpo etish, mavjud korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror faoliyat olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, ana shunday korxonalar soni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortmoqda.

Tadbirkor Abdusalom Tojiboyevning sa’y-harakati bilan qisqa muddatda fabrikaning yangi binosi barpo etildi. 1 million 600 ming dollar mablag‘ evaziga Xitoy, Turkiya, Tailand davlatlaridan zamonaviy dastgohlar, tikuv mashinalari keltirilib, o‘rnatildi.

14.JPG

Hozir 20 dan ortiq turdagi bolalar va kattalar kiyim-kechagi tayyorlanmoqda. Eng muhimi, fabrika ishga tushishi bilan 350 nafar shahrixonlik xotin-qiz doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi. Fabrikada ishchi-xizmatchilarning samarali ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Bugungi kunda mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.