Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahrisabzlik 103 yoshli bobo ovoz berdi
12:48 / 2023-04-30

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi Fayzobod mahallasi aholisi ham O‘zbekiston Respublikasi referendumida faol ishtirok etmoqda.

Mazkur mahalladagi 95-referendum uchastkasi ovoz beruvchilar bilan gavjum. Mahallaning eng keksa nuroniysi, bu yil o‘zining 103 yoshini nishonlayotgan Tosh bobo Shamsiyev ham referendum uchastkasiga keldi.  

 – Bunday voqelikka, kelajak avlod taqdirini hal etadigan masalaga faqat befarq odam jim qarab turadi, – deydi u. – Shuning uchun ham birov uyga borishini kutib o‘tirmasdan o‘zim kelaverdim.   

Shunday qutlug‘ yoshda ertangi kun taqdiri uchun daxldorlik hissini tuyib, o‘z fuqarolik huquqidan unumli foydalanayotgan Tosh bobo kabi nuroniylar nafaqat xonadonlarimiz, balki el-yurtimiz fayzi, duogo‘ylarimizdir. Ularning faolligi referendum jarayonida barchaga o‘rnak.  

O‘lmas Barotov, O‘zA.