French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahrisabzda yangi oilaviy mehmon uyi
11:10 / 2020-06-25

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “ETOILE” nomli yangi oilaviy mehmon uyi ish boshladi.


Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “ETOILE” nomli yangi oilaviy mehmon uyi ish boshladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 28-maydagi“Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni asosida respublikamiz miqyosida ichki turizmni rivojlantirish choralari koʻrilmoqda. Yangi “ETOILE” mehmon uyi ham ichki turizm rivoji uchun xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

photo_2020-06-25_10-50-49.jpg

photo_2020-06-25_10-50-51.jpg

Barcha sharoit va qulayliklarga ega mazkur mehmon uyida 10 nafar xorijiy yoki mahalliy sayyoh uchun oʻrin tashkil etilgan.

Oilaviy mehmon uyi egasi Yulduz Mamadiyorova asli hunarmandlardan. Shahrisabz tarixiy markazida joylashgan Chorsu meʼmoriy obidasini ijara asosida foydalanishga olib, bu yerda kichik arabi gilam toʻqish sexini yoʻlga qoʻygan. Tadbirkor mehmon uyiga tashrif buyurgan sayyohlarni milliy madaniyatimiz bilan tanishtirish maqsadida gilam toʻqish sexida mahorat darslarini tashkil etishni rejalashtirgan.

photo_2020-06-25_10-50-52.jpg

photo_2020-06-25_10-50-55.jpg