French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahrisabz tumanining tog‘li hududlarida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
11:08 / 2023-11-10

FOTOREPORTAJ

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida turizmni rivojlantirish maqsadida yirik loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Ana shunday loyihalardan biri turizm mahallalaridagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.

Ma’lumki, Shahrisabz tumanining tog‘li hududlarida sayyohlarning qadami uzilmaydigan xushmanzara manzillar bisyor. Ammo yillar davomida yo‘lning ma’lum qismi ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi bu maskanlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayayotgan edi. 

Miraki mahallasidan tog‘li qishloqlar tomon ko‘tarilishda tabiatning go‘zal manzaralari ko‘zingizni quvnatib, ruhingizga orom bersa, avtomobil yo‘lining ta’mirtalab ahvoli ta’bingizni xira qilar edi. 

[gallery-14489]

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan joriy yilda ushbu yo‘llar obod bo‘lmoqda. Xususan, tumandagi Qorasuv-Miraki, Miraki–Hisorak–G‘elon, Hisorak–Suvtushar, Hisorak–Sarchashma yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lini asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilayotir. Ushbu qurilish ishlari uchun respublika byudjetidan 117 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Shuningdek, tumanning G‘elon qishlog‘ida ham Prezidentimiz tashabbusi 2 kilometrdan ziyod ichki yo‘llar asfaltlashtirildi.

G‘elon qishlog‘i Shahrisabz tumanining olis tog‘li qishloqlaridan biri bo‘lib, hudud o‘zining maftunkor manzarasi, zilol suvi, tabiat mo‘’jizalari, qolaversa, mehmondo‘stligi, o‘ziga xos arxitekturasi bilan nafaqat viloyatda balki, mamlakatimizda ham mashhur. Hozirda G‘elon–Munavvar–Hisorak avtomobil yo‘lining 24 kilometr qismini joriy ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Loyihaning qiymati 21 milliard so‘mga yaqin.

Barcha ob’ektlarda markaziy yo‘llar kengaytirilib, asfalt qoplamalari yotqizish, piyodalar yo‘lagi qurish, shuningdek, beton novlar va yoritish ustunlari o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

O‘zA fotomuxbiri Jamshid NORQOBILOV olgan suratlar