O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni bilan "Guliston" va "Teatr" jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharriri Shahribonu Imomova "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi.
Shahribonu Imomova 2012-2016 yillarda O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Assalom, O‘zbekiston” ko‘rsatuvida boshlovchi va muallif sifatida o‘z ish faoliyatini boshlagan. Uning shu paytga qadar 150 dan ortiq turli mavzudagi maqolalari hamda 50 dan ortiq ilmiy materiallari yurtimiz hamda xorijda bosmadan chiqqan. 2012 yilda “So‘nggi manzil saboqlari” nomli kitobi nashrdan chiqqan.
U “O‘zbekiston teatrlari” nomli kitob-albomiga, “Opera va balet san’atining dolzarb masalalari” I-Xalqaro ilmiy-konferensiya uchun tayyorlangan ilmiy maqolalar to‘plamiga, Alisher Navoiy teatrining 100 yilligiga bag‘ishlangan kitob-albomiga ham muharrirlik qilgan.
2017 yildan “Teatr” jurnali tahririyatida bosh muharrir lavozimida ishlab kelmoqda.
Shahribonu Imomova 2017 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil”, 2021 yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil”, 2023 yilda “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni, “TURKSOYning 30 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
<iframe width="1326" height="746" src="https://www.youtube.com/embed/t46KAcQDKqI" title="Shahribonu Imomova: Mukofot "Guliston" jurnalining — yuz yilligiga munosib sovg`a bo`ldi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, A.Ahmedov, O‘zA