Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahram, Isroil, Murodjon va Otabek WBA reytingida birinchi
17:16 / 2024-03-04

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakunlari bo‘yicha bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingda 7 nafar charm qo‘lqop ustamiz o‘rin egalladi.

Yuksak iqtidor va metin himoyaga ega bo‘lgan Murodjon Ahmadaliyev birinchi yarim yengil vaznda, iste’dodli bokschimiz Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda, texnika va tezkor jang uslubida ringda muvaffaqiyatga erishayotgan Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda birinchi pog‘onadan joy oldi. Shuningdek, Isroil Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasida birinchi bo‘ldi.

Minimal vaznda jang o‘tkazayotgan Hasanboy Do‘smatov jadvalning ikkinchi pog‘onasida qolgan bo‘lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev super o‘rta vazndagi bokschilar orasida beshinchi o‘rinda qayd etildi. Super yengil vaznda Botir Ahmedov 7-o‘rin sohibi deya e’tirof etildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA