French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahram G‘iyosov WBO reytingida birinchi
09:44 / 2024-06-24

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) iyun oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi va undan 7 nafar charm qo‘lqop ustalarimiz o‘rin oldi.

Unga ko‘ra, Shahram G‘iyosov yarimo‘rta vazn toifasida o‘tgan oydagi o‘rnidan bir pog‘ona yuqorilab, ushbu yo‘nalishda birinchi o‘rindan joy oldi. Olimjon Nazarov o‘ta yengil vazn toifasida, Murodjon Ahmadaliyev esa birinchi yarimengil vazn toifasida beshinchi o‘rinni egalladi. Birinchi yarim yengil vaznda ringga ko‘tarilayotgan Muhammad Shexov o‘tgan oydagi singari 6-o‘rinda qoldi.  

Shuningdek, Hasanboy Do‘smatov birinchi o‘ta yengil vaznda o‘tgan oydagidan bir pog‘ona pastladi va 8-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, Bektemir Meliqo‘ziyev supero‘rta vazn toifasida o‘tgan oydagi 9-o‘rnini saqlab qoldi. Superog‘ir vazndagi Bahodir Jalolov esa 15-pog‘onadan o‘rin oldi.  

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA