Poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida professional boks oqshomi o‘tkaziladi. Kechaning markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasida Shahram G‘iyosov va rossiyalik Mark Urvanov o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, nufuzli musobaqaning “co-main event” jangida professional boksning superog‘ir vazn toifasida 16 ta g‘alabaga erishgan o‘zbek o‘g‘loni Bahodir Jalolov hamda nigeriyalik Solomon Adebayo 8 raundlik jangda ringga ko‘tariladi.
“Parij-2024” Olimpiadasi g‘olibi Lazizbek Mullajonov nigeriyalik Monyasahu Muritadorga, yana bir hamyurtimiz Nurislom Ismoilov esa Tanzaniya vakili Jozef Maigvisyaga qarshi “WBC CISBB” kamari uchun raqobatlashadi.
Quyida bugungi professional boks kechasida bo‘lib o‘tadigan boshqa janglar bilan tanishasiz:
Og‘ir vaznda: Shohjahon Abdullayev (O‘zbekiston, 5-0-0) - Gutram Ngoya (Tanzaniya, 13-2-0);
Superog‘ir vaznda: Ozodbek Aliyev (O‘zbekiston, 3-0-0) - Aleksandr Zubkov (Rossiya, 11-12-0);
Ikkinchi o‘rta vaznda: A’loxon Abdullayev (O‘zbekiston, 4-0-1) - Suhrob Qayumov (O‘zbekiston, 4-0-1);
Super yarimo‘rta vaznda: Rajab Butayev (Rossiya, 15-1-0) - Artyom Pugach (Rossiya, 3-12-4);
Yarimengil vaznda: Baxtiyor Ilyosov (O‘zbekiston, 1-4-0) - Xursand Imankuliyev (Turkmaniston, 4-0-0);
Yarimo‘rta vaznda: Sherzod Habibov (O‘zbekiston, 4-0-0) - Asadbek Bekmirzayev (O‘zbekiston, 1-1-0).
Ma’lumot o‘rnida: turnirda mutlaq jahon chempionlari Aleksandr Usik va Terens Krouford faxriy mehmon sifatida taklif etilgan.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA