Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahram G‘iyosov – jahonda tengsiz!
21:38 / 2017-09-02

Boks bo‘yicha mamlakatimiz terma jamoasi a’zosi, Olimpiya o‘yinlari sovrindori Shahram G‘iyosov Germaniyaning Gamburg shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning 69 kilogrammgacha vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi finalgacha bo‘lgan bahslarda Shahram G‘iyosov ukrainalik Yevgeniy Barabanov, angliyalik Pet MakKormak va qozog‘istonlik Ablayxon Jusupovni yengdi.

Jahon chempionatining oltin medali uchun kechgan murosasiz bellashuvda Shahram kubalik Roniyel Iglesiasni mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.