Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahram Ahadov Osiyo chempioniga aylandi
16:21 / 2025-04-26

Tailand poytaxti Bangkok shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Chempionatning bugungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar a’zosi 5 ta vazn toifasida bellashmoqda.

Quvonarlisi, vazni -73 kilogramm bo‘lgan hamyurtimiz Shahram Ahadov so‘nggi hal qiluvchi final bahsida BAA vakili Mahmadbek Mahmadbekovni taslim etib, Osiyo chempioniga aylandi. 

Shuningdek -57 kg. vaznda Shukurjon Aminova, -81 kilogrammda esa Arslonbek Tojiyev bronza medaliga ega chiqdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA