Shahobiddin Zoirov mezbon bokschini musobaqadan chiqarib yubordi
Belgrad (Serbiya) shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kuni davom etmoqda. Hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov yana bir chempionlik sari yurishini boshladi.
-54 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Zoirov dastlabki jangini mezbon Tamir Galanovga qarshi o‘tkazdi. Shahobiddin bellashuvni ko‘ngildagidek o‘tkazdi va aniq zarbalari hisobiga keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi, deyiladi Milliy olimpiya qo‘mitasi xabarida.
O‘zA