Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahnoza xalqaro turnir sovrindori
12:06 / 2023-12-12

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida para o‘q otish bo‘yicha jahon kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Unda hamyurtimiz Shahnoza Mamajonova ham ishtirok etmoqda.

Musobaqaning 10 metr masofaga to‘pponchadan o‘q otish bahslarida vakilimiz kumush medalga ega chiqdi. Endi u 50 metr masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha ham bahslarda ishtirok etadi.    

Eslatib o‘tamiz, Shahnoza Mamajonova "Parij-2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritgan va dunyoning eng nufuzli sport anjumanida ishtirok etadigan ilk o‘zbekistonlik para o‘q otuvchi hisoblanadi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA