Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahnoza Mamajonova barcha raqiblaridan ustun keldi
23:37 / 2023-12-14

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida para o‘q otish bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Jahon kubogining 50 metr masofaga to‘pponchadan otish bo‘yicha aralash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Shahnoza Mamajonova barcha raqiblaridan merganlik borasida ustunligini isbotlab, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, vakilimiz bundan avvalroq ushbu musobaqaning 10 metr masofaga to‘pponchadan otish dasturida kumush medalni qo‘lga kiritgan edi. Shahnozaning erishayotgan bu yutuqlari mamlakatimizda paralimpiya harakatiga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasidir.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA muxbiri