Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahnoza Joldasova: yoshlarga oid siyosat hayotimda aks etdi (+video)
12:00 / 2024-12-08

Har bir o‘g‘il-qiz yurtimiz ertasining egasi, kelajagimiz bunyodkorlaridir. Shu bois, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilib, yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yangilangan Konstitutsiyamizda ham yoshlar huquqlari har tomonlama mustahkamlandi, yanada keng imkoniyatlar kafolatlandi.  

Ta’kidlash joizki, parlamentning har ikkala palatasi huzurida Yoshlar parlamenti tashkil etilgan edi. Shu yil bo‘lib o‘tgan saylovda ikkala palata huzuridagi birinchi chaqiriq Yoshlar parlamenti raislari Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.  

Bosh qomusimizning 32 yilligi oldidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yosh deputati Shahnoza Joldasova konstitutsiyaviy normalar hamda yoshlar sohasidagi islohotlarning o‘z hayotidagi aksi to‘g‘risida fikr-mulohazalarini bildirdi.  

Uning fikricha, Yoshlar parlamenti yoshlarning siyosiy-huquqiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish barobarida faol va tashabbuskor yigit-qizlar uchun katta maktab vazifasini o‘taydi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/Bw9kjyuerBY?si=kK7YXb4K0geVBBEP" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,  

Doniyor Yoqubov (video),  

O‘zA