Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahina 15 yoshida Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘ldi
01:15 / 2024-09-07

Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilayotgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ayollar o‘rtasidagi nayza uloqtirish (F36) bo‘yicha final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimiz sharafini Shahinaxon Yigitaliyev va Roziyaxon Ergasheva himoya qildi. Keskin va murosasiz o‘tkazilgan ushbu musobaqada Shahina, nayzani  43.12 metrga uloqtirib, kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Roziyaxon 35.98 metr natija qayd etib, to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot o‘rnida: ayni vaqtga kelib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni  soni 9 ta oltin, 8ta kumush va 6 ta bronza medalga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA