Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahid dronlari Ko‘rfaz davlatlariga jiddiy muammo tug‘dirmoqda
06:24 / 2026-03-06

“Bloomberg” agentligi yozishicha, Birlashgan Arab Amirliklari 20 000 dollarlik Eron dronlarini ushlash uchun “Patriot” tizimidan foydalangan. Har bir PAC-3 tutgich qurilmasi taxminan 4 million dollar turadi. Amirliklar o‘zlarining havo mudofaasi tizimi Eron raketa va dronlarini to‘xtatishda 90 foiz muvaffaqiyat darajasiga ega ekanini ta’kidlagan.

Amaliyot boshlangandan beri minglab PAC-3 ishga tushirildi. Binobarin, “Lockheed Martin” 2025 yilgacha atigi 600 dona shunday raketa ishlab chiqargan.

What Are Patriot Missiles, and Why Does Ukraine Want Them? - The New York  Times

Pentagon rahbariyati yopiq brifingda AQSH qonun chiqaruvchilariga Eron “Shahed”lari kutilganidan ko‘ra ancha jiddiy muammo yaratayotgani, AQSH havo mudofaasi barcha dronlarni urib tushira olmasligini aytgan.

Ta’kidlanishicha, Eron dronlari past, sekin uchadi. Ayni holat ballistik raketalarni urib tushirishga mo‘ljallangan Amerika havo mudofaasi tizimiga ko‘p qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Lockheed Martin модернизуют ракету-перехvaтчик PAC-3 MSE для ЗРК Patriot с  помощью ИИ

So‘nggi xabarlarga qaraganda, Pentagon va Fors ko‘rfazi davlatlari shu kunlarda Eron dron hujumidan himoyalanish uchun Ukraina tutgichlarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib boryapti. “Financial Times”  nashri Kiyev mudofaa sanoati vakillariga tayanib yozishicha, Ko‘rfaz davlatlari zaxirasi tez kamaymoqda. Shu bois ular Kiyev tajribasidan foydalanib, dronlarga qarshi kurashishning arzonroq usullarini izlayapti.

Ukraina atigi bir necha ming dollarga tushadigan tutgichlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarmoqda. Bunday qurilmalar Rossiya Ukraina shaharlariga qarshi juda ko‘p miqdorda foydalanayotgan “Shahed” dronlarini yo‘q qilishga qodir.

Война в Иране - SША могут закупить украинские dronы для уничтожения Шахедов  | РБК Ukraina

Kiyev Yaqin Sharq mamlakatlari RAC-3 raketalari o‘rniga Ukraina tutgichlaridan foydalansa, Ukrainada ko‘proq “Patriot” raketalarini saqlab qolish imkoni paydo bo‘ladi, deb umid qilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Ukrainada taxminan 1000 dona tutuvchi qurilma bor. O‘nlab kompaniyalar atigi bir necha ming dollarga tushadigan kinetik tutgichlar – kichik, samolyotga o‘xshash dron yoki o‘q shaklidagi kvadrokopterlarni ishlab chiqarmoqda.

S.Rahimov, O‘zA