Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaharsozlik me’yorlariga rioya etilmagani oqibatida 76 milliard so‘mlik ishlar sifatsiz bajarilgan
16:56 / 2024-01-23

1 ming 639 holatda 74 milliard so‘mlik ishlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan.

Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov raisligida Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Unda 2023 yilda davlat dasturlari ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar, kamchilik va salbiy holatlar muhokama qilindi.  

Xususan, o‘tgan yilda byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan 14 ming 273 ob’ektda kapital qurilish tadbirlari amalga oshirildi. Natijada 1 ming 876 maktab, 414   maktabgacha ta’lim tashkiloti va 522 tibbiyot muassasasida qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari bajarildi.  

Hududlardagi 14 ming 376 km ichki va umumfoydalanuvdagi yo‘llar ta’mirlandi hamda 11 ming 471 km suv tarmog‘i tortildi.  

Biroq, amalga oshirilgan ishlar bilan birga vazifalar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. 

Davlat dasturidagi 47 ta ob’ektda qurilish-ta’mirlash ishlari muddatida bajarilmagani sababli ular foydalanishga topshirilmagan.  

Qurilishda shaharsozlik me’yorlariga rioya etilmagani oqibatida 3 ming 716 ta holatda 76  milliard so‘mlik ishlar sifatsiz bajarilgan va 1 ming 639 ta holatda 74  milliard so‘mlik ishlar hisobotlarga qo‘shib yozilgan.  

Shu kabi, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanish, ob’ektlarning loyiha - smeta hujjatlarini qimmat narxlarda ishlab chiqish yoki ortiqcha xarajat kiritish holatlari saqlanib qolayotgani misollar bilan tanqidiy muhokama qilindi.  

Yig‘ilishda bu kabi salbiy holatlarning kelib chiqishining sabablari muhokama qilinib, mas’ullarning tushuntirishlari eshitildi.  

Bundan tashqari, yig‘ilishda 2024 yil uchun belgilab berilgan asosiy vazifalar ijrosini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Bunda ob’ektlar qurilishini muddatida va sifatli bajarish, ajratilgan mablag‘lardan tejamkorlik bilan foydalanish, loyiha-smeta hujjatlarini to‘g‘ri ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.  

N.Abduraimova, O‘zA