Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaharmonand qishloqlar
12:50 / 2016-07-07

Andijon viloyatida joriy yilda 27 massivda namunaviy loyihalar asosida 1 ming 139 uy qad rostlamoqda. Ushbu zamonaviy massivlarda joriy yil dasturiga asosan 39,1 kilometr ichimlik suvi, 27,1 kilometr elektr energiyasi, 35,7 kilometr gaz tarmoqlari va 24,4 kilometr yo‘l qurilishi belgilangan.

Andijon viloyatida joriy yilda 27 massivda namunaviy loyihalar asosida 1 ming 139 uy qad rostlamoqda. Ushbu zamonaviy massivlarda joriy yil dasturiga asosan 39,1 kilometr ichimlik suvi, 27,1 kilometr elektr energiyasi, 35,7 kilometr gaz tarmoqlari va 24,4 kilometr yo‘l qurilishi belgilangan.

Prezidentimizning 2009-yil 3-avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

– Ushbu hujjat ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari xalqimizning, ayniqsa, qishloq aholisining zamonaviy turmush kechirish orzularini ro‘yobga chiqarmoqda, – deydi Andijon tumani “Xakan” qishloq fuqarolar yig‘ini raisi O‘tkir Yo‘ldoshev. – Qishlog‘imiz hududida o‘tgan yillar davomida namunaviy loyihalar asosida 100 uy qurilgan bo‘lsa, joriy yilda yana 47 yangi uy barpo etilmoqda. Bu uylar qishlog‘imizga zamonaviy qiyofa bag‘ishlash bilan birga, odamlarning ongu tafakkurini, hayotga, mehnatga munosabatini tubdan o‘zgartirmoqda, farovonligini yuksaltirmoqda.

Namunaviy uylar xalqimizning turmush tarziga, milliy mentalitetimizga mos barpo etilayotganidan aholi mamnun. Yangi uylar tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlangan, alohida kanalizatsiya qudug‘i hamda isitish tizimiga ega. Ko‘chalari keng, yo‘l chetlariga mevali va manzarali daraxtlar ekilgan, uylarga kirish yo‘lakchalariga maxsus plitalar yotqizilgan.

– Qumko‘cha mahallasida namunaviy loyiha asosida barpo etilgan uylardan biriga ko‘chib o‘tdik, – deydi Shokirjon Haydarov. – Uy bizga har tomonlama manzur bo‘ldi. Mehmonxona, bolalar xonasi, kattalar va bolalar uchun alohida yotoqxona, oshxona, yuvinish xonasi, mashina qo‘yish uchun maxsus joy, bunday zamonaviy turmushni ilgari orzu ham qilolmaganmiz. Shahardagidan aslo qolishmaydigan bu uylar farovon hayotimizning yaqqol ifodasidir. Oilam va farzandlarim bilan yangi uy tomorqasiga turli mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdik. Ko‘chat oralariga ekkan pomidor, bulg‘or qalampiri, turli ko‘katlar esa bugun oilamiz ehtiyojini qoplamoqda. Qishloq aholisiga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

Yurtimizning turli hududlarida shaharmonand bunday qishloqlar tobora ko‘paymoqda. Bu esa yurtdoshlarimiz hayoti yanada fayzli va nurafshon bo‘lishiga xizmat qilayotir.