Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda
17:10 / 2022-03-19

Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berishicha, Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikamizning turli hududlariga muntazam avtobus yo‘nalishlari orqali o‘z manziliga yetib olishni rejalashtirgan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent” avtovokzalidan amaldagi qatnovlarga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda o‘rtacha 10 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda.

Xususan, 17 mart kuni amaldagi mavjud 22 ta qatnovdan tashqari Toshkent – Samarqand, Toshkent – Xiva yo‘nalishlarida bittadan, Toshkent – Denov, Toshkent – Termiz yo‘nalishlarida ikkitadan jami 6 ta qo‘shimcha qatnovlar amalga oshirildi.

18 mart kuni Toshkent – Zarmitan, Toshkent – Navoiy, Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qorako‘l yo‘nalishlarida qo‘shimcha bittadan, Toshkent – Denov, Toshkent – Xiva yo‘nalishlarida esa qo‘shimcha ikkitadan, Toshkent – Termiz yo‘nalishida esa qo‘shimcha to‘rtta jami 12 ta qo‘shimcha avtobus qatnovi amalga oshirildi.

19 mart kuni Toshkent – Zarmitan, Toshkent – Jo‘sh, Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qorako‘l, Toshkent – Denov, Toshkent – Urganch yo‘nalishlarida qo‘shimcha bittadan, Toshkent – Xiva, Toshkent – Termiz yo‘nalishlarida qo‘shimcha ikkitadan, Toshkent – Navoiy yo‘nalishida qo‘shimcha to‘rtta jami 14 ta qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etildi.

Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha qatnovlarni tashkil etish davom etmoqda.

Shu o‘rinda yo‘lovchilardan turli firibgarlar hamda yo‘lkira narxini sun’iy ravishda oshirgan avtovokzal atrofidagi noqonuniy taksi haydovchilariga to‘g‘ri kelib qolmasligi uchun chiptalarni "Toshkent" avtovokzali kassasidan xarid qilishni so‘raymiz, deyiladi xabarda.

O‘zA