Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaharlar bosh rejasini tuzishda yashil maydonlar kamida 30 foizni tashkil etishishi kerak
12:25 / 2023-06-14

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Hamzayevning Namangan viloyatidagi ishonchli vakili saylovchilar bilan uchrashmoqda.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi majlislar zalida o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda partiya faollari, Xalq deputatlari viloyat, shahar Kengashlari deputatlari, Oliy Majlis huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Ishonchli vakil Abdug‘affor Nazarov yig‘ilganlarga nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturini tanishtirdi.    

Nomzodning saylovoldi dasturida mamlakatimizda iqtisodiyotni isloh qilishga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. “Yashil taraqqiyot uchun” shiori ostidagi saylovoldi dasturining bosh maqsadi – ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda tabiiy resurslardan samarali foydalanish, “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish orqali aholining qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda farovon jamiyatni barpo etishdan iborat ekanligi ta’kidlandi.  

Jumladan, atmosfera havosiga chiqarilayotgan zararli gazlar miqdorini ikki barobarga kamaytirish, shaharlar bosh rejalarini tuzishda ularda yashil maydonlar kamida 30 foizni tashkil etish talabini qonunchilikda belgilash kabi takliflar alohida e’tirof etildi.  

Ishonchli vakil yig‘ilganlarni saylovda Prezidentlikka nomzod Abdushukur Hamzayevga ovoz berishga chaqirdi.

Oqilxon Dadaboyev,

O‘zA