French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahar musaffoligi uchun yangi texnikalar
10:54 / 2025-11-04

Namangan viloyatida “Tozalik va ozodalik oyligi” doirasida bir qator aniq vazifalar belgilab olinib, shu asosda amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda.

Hududlarda aholi yashaydigan, piyodalar gavjum bo‘ladigan aksariyat ko‘chalar torligi sababli mahallalar va ko‘p qavatli uylar orasidagi yo‘llarga katta mashinalar kirishi muammolar tug‘diradi. 

Respublika Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan viloyatdagi sanitar tozalash korxonalarining samarali faoliyatini ta’minlash hamda har bir mahalladan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida chiqarib ketishni yo‘lga qo‘yish maqsadida lizing asosida o‘nta maxsus chiqindi tashish mototsikli yetkazib berildi. 

Shuningdek, viloyat markazida faoliyat yuritayotgan “Musaffo iqlim” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanishining oldini olish maqsadida o‘z mablag‘lari hisobidan 40 dona maxsus chiqindi qutisi xarid qilindi va aholi gavjum hududlarga o‘rnatish uchun topshirildi. 

Bunday e’tiborga molik ishlar yurtimizda tozalikni ta’minlash, aholi sog‘lom muhitda yashashi, hududlarni yashil va obod maskanga aylantirish, doimo toza va qulay muhit yaratish hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA