Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahar markazidagi daraxtlar nima sababdan kesildi?
12:49 / 2019-04-11

Navoiy shahrining me’moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida Islom Karimov shohko‘chasida joylashgan «Navoiy» mehmonxonasi, markaziy do‘konlar majmuasi oldidagi maydonda qurilish ishlari boshlandi.


Navoiy shahrining me’moriy qiyofasini tubdan o‘zgartirish maqsadida Islom Karimov shohko‘chasida joylashgan «Navoiy» mehmonxonasi, markaziy do‘konlar majmuasi oldidagi maydonda qurilish ishlari boshlandi. 

Bu shahar aholisi o‘rtasida “Hududdagi daraxtlar nima sababdan kesildi, shahar markazida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?” mazmunidagi o‘rinli savollarni keltirib chiqardi. Ushbu savollarga shahar hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ibrohim Qodirov quyidagicha javob berdi:

–Hududdagi favvoralar yaroqsiz holga kelib qolgan va ularning aholi madaniy hordig‘i uchun hech qanday ahamiyati qolmagan. Kasallangan daraxtlar esa manzara qiyofasiga putur yetkazayotgan edi. Hududdagi daraxtlarning bir qismi kesildi, yosh nihollar esa tegishli hududlarga qayta o‘tqazildi.

Navoiy viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi buyurtmasi bilan Navoiy shaharsozlik loyihalash instituti tomonidan guzar loyihasi ishlab chiqildi. Unga asosan, hududda obodonlashtirish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Loyihaga ko‘ra, «Sharq qurilish» MChJ tomonidan maydonda musiqali va rang-barang 5 ta favvora, 100 dan ziyod o‘rindiq o‘rnatilib, zamonaviy avtoturargoh bunyod etiladi. Yo‘laklar ta’mirlanib, chorqirra toshlar teriladi. Tashqi yoritish tizimi o‘zgartiriladi. Shakl berilgan yerlarga yapon sakurasi, archa kabi manzarali daraxtlar ekiladi. Asosiysi, bunyodkorlik natijasida Islom Karimov shohko‘chasi 28 metrga kengayadi. Bu piyodalar va haydovchilar uchun yanada qulaylik yaratishi tabiiy. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun qariyb 5 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu ishlarga shahar hokimligi obodonlashtirish boshqarmasidan 120 nafar xodim, 10 ga yaqin texnika vositasi jalb etilgan.

Aholi dam olish markazi joriy yil 1 iyunga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

3.jpg

4.jpg

5.jpg

8.jpg

9.jpg

11.jpg

12.jpg