French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahar hokimi ishni xayrli amallar bilan boshladi
22:04 / 2025-12-31

Kuni kecha Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi qarori bilan shahar hokimi etib tasdiqlangan Dilfuza Kambarova o‘z faoliyatini xayrli va ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslar bilan boshladi.

Yangi 2026 yil munosabati bilan shahar hokimligi“Shoxrux Demirbek” mas’uliyati cheklangan jamiyat ta’sischilari  bilan hamkorlikda Shirin shahridagi ehtiyojmand oilalarga, shuningdek Obodonlashtirish boshqarmasi hamda “Toza hudud” DUK xodimlariga yangi yil sovg‘alarini taqdim etdi.

Bayram tadbiri doirasida jami 1000 ga yaqin fuqaroga yangi yil sovg‘alari topshirildi. Mazkur tadbir aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mehnat faoliyatida fidoyilik ko‘rsatayotgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan shahar hokimi Dilfuza Kambarova shahar ma’muriyatining ustuvor vazifalaridan biri aholining turmush darajasini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni doimiy e’tiborda ushlash ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, yangi yilda shahar infratuzilmasini rivojlantirish bilan birga aholiga g‘amxo‘rlik qilishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettiriladi.

— Yangi yilda shahrimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni kengaytirish, fuqarolarning taklif va murojaatlariga alohida e’tibor qaratishni rejalashtirganmiz, — dedi Dilfuza Kambarova.

Tadbir davomida ehtiyojmand oilalar hamda kommunal xizmat sohasida mehnat qilayotgan xodimlar tomonidan shahar hokimligiga minnatdorchilik bildirildi. Jumladan, ijtimoiy ko‘mak olgan fuqarolar bunday e’tibor ular uchun muhim qo‘llab-quvvatlash ekanini qayd etishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri