Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shahar bedarvoza emas – aldov va firibgarlikning manzili aniq
11:52 / 2022-07-16

Navoiy shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Xatirchi tumanidagi «Avoxli» mahallasida yashovchi Sodiq Ochilovning murojaatiga asosan uning buzilgan huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga daʼvo arizasi kiritdi.

S.Ochilov 2021-yilda maishiy texnikalar olish uchun “Ipoteka bank” ATIB ga murojaat qiladi. Bank tomonidan ajratilgan 24 million soʻm pul mablagʻi tegishli tartibda Navoiy shahar Navoiy koʻchasida joylashgan “TEXNO SHIVAKI NAVOIY” MCHJ hisob raqamiga oʻtkazib beriladi.

2021-yil 10-aprelda tuzilgan 36-sonli shartnomaga asosan Sotuvchi tomonidan fuqaroga umumiy qiymati 24 million soʻmlik ikki dona 32 diagonalli va uch dona 49 diagonalli televizor hamda bir dona chang yutgich yetkazib berishi kerak edi.

Ammo... javobgar, yaʼni MCHJ masʼullari shartnoma shartlarini qoʻpol ravishda buzib, isteʼmolchiga bildirmasdan ushbu tovarlarni oʻzaro til biriktirib boshqa bir shaxsga berib yuborgan.

Isteʼmolchi MCHJ savdo doʻkon masʼul xodimiga yuqorida koʻrsatilgan tovarlarni berishini soʻrab bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada, har xil bahonalar bilan shartnoma talablari bajarilmasdan qolavergan.

Isteʼmolchining huquqini himoya qilish maqsadida kiritilgan davo arizasi fuqarolik ishlari boʻyicha Navbahor tumanlararo sudi tomonidan koʻrib chiqildi va hal qiluv qaroriga asosan ariza qanoatlantirilib, javobgar “TEXNO SHIVAKI NAVOIY” MCHJdan fuqaro Sodiq Ochilov foydasiga 24 million soʻmlik mahsulot, shuningdek bir million soʻm miqdorida maʼnaviy zarar undirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Abduvali Boʻriyev, OʻzA