Shafoattin Deniz: Alisher Navoiy – buyuk tasavvuf namoyandasi (+video)
Alisher Navoiy – o‘zbek adabiyoti va tasavvufiy tafakkur tarixida beqiyos iz qoldirgan buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobidir. Uning adabiy merosi nafaqat estetik go‘zalligi, balki chuqur falsafiy mazmuni bilan ham ajralib turadi. Ayniqsa, Navoiyning asarlarida tasavvufiy g‘oyalar keng va teran ifoda topgan bo‘lib, bu jihat uni Sharq mutasavvif adabiy an’analarining davomchisi sifatida ko‘rsatadi.
Alisher Navoiy asarlari – xususan, “Xamsa”, “Lison ut-Tayr”, “Mahbub ul-qulub” kabi asarlarida tasavvuf falsafasining asosiy tushunchalari – ilohiy ishq, haqiqatga yetishish, ruhiy poklanish, fano va baqo holatlari obrazlar, ramzlar va timsollar orqali badiiy ifodalangan. U o‘z asarlarida Rumiy, Attor, Sanoyi, Ahmad Yassaviy kabi tasavvuf namoyandalarining g‘oyalaridan ilhomlanib, ularni milliy poetik tafakkur darajasiga ko‘targan.
Bugungi lavhamizda Istanbul universiteti professori Shafoattin Deniz bilan buyuk mutafakkir Navoiyning ijodiy, faoliyati va bizgacha yetib kelgan unutilmas merosi haqida suhbatlashdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/y_sbRpJS4fA" title="Shafoattin Deniz: Alisher Navoiy – buyuk tasavvuf namoyandasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA