Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaffoflik tezkor axborot asrida asossiz, nooʻrin fikrlar shakllanishiga yoʻl qoʻymaydi
14:37 / 2019-10-19

Termizda “Davlat xizmatlari va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini taʼminlash milliy tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari“ mavzuiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.


Termizda “Davlat xizmatlari va boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini taʼminlash milliy tizimining tashkiliy-huquqiy asoslari“ mavzuiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy davlat hokimiyati organlari matbuot xizmati xodimlari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Jamiyatda milliy tizimni yaratishda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida“gi qonuni muhim omil boʻlmoqda.

Mazkur qonunning ijrosini taʼminlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot xizmatlari tashkil etilib, bu jarayonda ular zimmasiga masuliyatli vazifalar yuklandi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni tayyorlash hamda tarqatishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga eʼtibor kuchaytirildi. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan hamkorlikni, shuningdek axborot xavfsizligini taʼminlashga masʼul etib belgilandi.

Tadbirda “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida“gi qonunining asosiy qoidalari, bu boradagi huquqlar va majburiyatlar, faoliyat ochiqligini taminlashda axborot xizmatlarining roli haqida atroflicha fikr almashildi.

-Faoliyatimiz ochiqligini taminlash maqsadida kundalik ishimizdan keng jamoatchilikni tezkor xabardor qilish uchun ularni yoritishni yoʻlga qoʻyganmiz,- deydi Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Z.Toʻrayev. – Bunda tezkor internet nashrlar, mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari koʻmagidan samarali foydalanishga ahamiyat berayapmiz. Hokimlikning veb-sayti, telegramm, instagramm kanalimiz va feysbukdagi sahifamizda joylashtirib boryapmiz. Bunday shaffoflik hozirgi tezkor axborot asrida aholi oʻrtasida asossiz, nooʻrin fikrlar shakllanishiga chek qoʻymoqda.

Seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.