French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaffoflik ta’minlanmasa, ishonch bo‘lmaydi
10:44 / 2025-12-25

Samarqandda “Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilikning roli” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan o‘quvda korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari qatnashdi.  

Trening davomida ishtirokchilar tomonidan korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, uning tizimli xususiyatlari va jamiyat rivojiga salbiy ta’siri atroflicha muhokama qilindi.  

Xususan, “Manfaatlar to‘qnashuvi qaysi holatlarda korrupsiya xavfini bevosita yuzaga keltiradi?”, “Korrupsiyaga qarshi kurash strategiyalari samarali bo‘lishi uchun qaysi institutsional yondashuv barqaror natija beradi?”, “Ommaviy axborot vositalari va blogerlar qachon korrupsiyaga qarshi kurashda strategik sub’ektga aylanadi?”, “Korrupsiyaga nisbatan murosasizlik madaniyati qanday sharoitda jamiyatda barqaror institut sifatida shakllanadi?” kabi savollar atrofida fikr almashildi.

– Korrupsiya, avvalo, jamiyatdagi boshqaruv sifatiga tutiladigan ko‘zgudir, – deydi xalqaro toifadagi mediatrener Beruniy Alimov. - Korrupsiyani faqat qonunbuzarlik sifatida baholash yetarli emas. Agar fuqarolar axborotni erkin ololmasa, davlat idoralari faoliyati shaffof bo‘lmasa yoki ommaviy axborot vositalari savol berishdan qo‘rqsa, har qanday islohot kutilgan natijani bermaydi. Bugungi kunda OAV davlat organlari va aholi o‘rtasida ochiq muloqotni ta’minlovchi muhim ko‘prik, korrupsiyaviy holatlarni erta aniqlovchi indikator hamda jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ta’sirchan institut sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu bois, korrupsiyaga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mustaqil OAV va faol jamoatchilik korrupsiya alomatini erta ko‘radi, savol beradi va javob talab qiladi. Chunki shaffoflik bo‘lmagan joyda ishonch yashamaydi. Axborot erkin ko‘rinishga aylansa, yashirin kelishuvlar uchun muhit torlik qilib qoladi.

Seminarning amaliy qismida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni erta aniqlash, jamoatchilik nazorati mexanizmlaridan samarali foydalanish, fuqarolar bilan ochiq va ishonchli muloqot olib borish, ommaviy axborot vositalari bilan tizimli hamkorlik qilish hamda davlat idoralarida institutsional shaffoflik darajasini baholash bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari