Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaffoflik – natijadorlik omili
16:46 / 2025-12-15

FOTOREPORTAJ

Bugungi kunda bojxona organlari faoliyatini tubdan isloh qilish, sohani korrupsiyadan mutlaqo xoli tizimga aylantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda sohani zamonaviy, shaffof va iqtisodiy xavfsizlikning mustahkam bo‘g‘iniga aylantirish jarayoni yangi bosqichga chiqqani e’tirofga loyiq.

Bojxona qo‘mitasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, xizmat intizomi va odob-axloq standartlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida oxirgi ikki yilda tizimga 23 ta yangi axborot dasturi, 14 ta elektron xizmat va 9 ta mobil ilova joriy etildi. Natijada  mamlakat tashqi savdo aylanmasi sezilarli darajada o‘sdi, chegara punktlaridagi transportlar harakati 2,8 barobarga, yo‘lovchilar harakati esa 2 barobarga ko‘paydi.

Shuningdek, tizimni raqamlashtirish hisobiga eksport tovarlarining 87 foizi, import tovarlarining 81 foizi soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirildi. Yangi tashkil etilgan Bojxona rasmiylashtiruvi markazi orqali deklaratsiyalash to‘liq masofadan amalga oshirilishi esa logistika zanjirini nazorat qilish imkonini yaratdi.

– Xodimlarni ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish, ularni huquqiy va axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash – ustuvor vazifamiz, - deydi Farg‘ona viloyat bojxona boshqarmasining shaxsiy xavfsizlik tuzilmasi xodimi Asror Meliqo‘ziyev. –  Bojxona tizimini raqamlashtirish hisobiga eng muhim jarayonlarda inson ishtiroki sezilarli darajaga tushirildi. Bu esa, o‘z navbatida, korrupsiya xavfini kamaytirib, tadbirkorlar uchun yanada tezkor va qulay shart-sharoit yaratmoqda. Jumladan, hujjatlarni qabul qilish va ko‘plab qarorlar endilikda avtomatik tarzda amalga oshirilyapti, deklaratsiyalarni taqsimlash va o‘rganish uchun yo‘naltirish avto-taqsimot orqali bajarilmoqda, tadbirkorning bojxona xodimi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti ancha qisqargan. Natijada ortiqcha vaqt sarfi yo‘qoldi, inson omiliga bog‘liq sub’ektiv qarorlar kamaydi.

[gallery-26739]

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan ikki yilda Farg‘ona viloyat bojxona tizimida 694 million so‘mlik moddiy yordam ajratilib, 84 nafar xodim rag‘batlantirildi, 68 nafariga navbatdagi maxsus unvonlar berildi,  41 nafar xodimning intizomiy jazosi bekor qilindi, 20 nafar xodimning farzandiga grant asosida o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma berildi. «Yangi O‘zbekiston» massivida 70 xonadonli xizmat uyi qurilib, xodimlar ixtiyoriga topshirildi.                                                                                                                             

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA