English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaffof kompyuter monitori taqdim etildi (+video)
12:11 / 2025-11-19

Visual Instruments kompaniyasi Phantom nomli dunyodagi birinchi shaffof kompyuter monitorini rasman taqdim etdi. Qurilma futuristik dizayni va ilg‘or vizual texnologiyalari bilan e’tiborni tortdi.

Phantom monitori HUD va telesuflyor tizimlariga o‘xshash tamoyilda ishlaydi — tasvir maxsus ko‘zgular orqali shaffof oynaga yo‘naltiriladi va foydalanuvchi uni “havoda suzib turgandek” ko‘radi. Bu texnologiya haqiqiy shaffof panel bo‘lmasa-da, kuchli shaffoflik effektini beradi. 

24 dyuymli, 4K aniqlikdagi panel 5 000 nit yorqinlikka ega bo‘lib, Ultra HDR standartini qo‘llab-quvvatlaydi va sRGB rang maydonini 100% qamrab oladi. Foydalanuvchi ekran shaffofligini uch xil rejimda — standart, yarim shaffof va to‘liq shaffof holatlarda sozlashi mumkin.  

Monitor USB-C, HDMI va DisplayPort portlariga ega. Integratsiyalashgan sensorlar esa foydalanuvchining joylashuvi va yorug‘lik sharoitiga mos ravishda avtomatik sozlanadi.  

Phantom hozircha atigi 10 nusxada — Founders Edition sifatida chiqariladi. U 2025 yil oxirida AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyada sotuvga chiqadi. Kompaniya keyingi yillarda keng iste’mol uchun soddalashtirilgan versiyasini ishlab chiqishni rejalashtirgan.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/n_BIst6QVOw?si=5UZPu4prq6ZQX28g" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA