Shabbona Abduvaliyeva Katta dubulg‘a turnirida ishtirok etadi
Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha "Wuxi 2025 World Taekwondo Grand Slam Challenge" musobaqasida Shabbona Abduvaliyeva muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Shabbona Abduvaliyeva vazni 57 kilogrammgacha vazn toifasidagi bellashuvlar yakuniga ko‘ra, finalga qadar o‘tgan barcha janglarda g‘alaba qozonib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Iste’dodli taekvondochimizning qayd etgan mazkur natijasi unga 2026 yilda o‘tkaziladigan Katta dubulg‘a turnirida ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanmani taqdim etdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA