Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
S’ezdga delegatlar saylandi
20:21 / 2023-05-25

Nukusda O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi. Unda partiyaning barcha quyi bo‘g‘inlari, shahar va tumanlaridan saylangan delegatlar qatnashdi.

Anjumanni O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Sag‘indiq Turmanov boshqardi. Konferensiyada muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etish hamda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashidan O‘zLiDePning XI S’ezdiga delegatlar saylash masalasi muhokama qilindi.  

Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilganligiga alohida urg‘u berdi. Birgina tadbirkorlik faoliyatini zamonaviy bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib yanada erkinlashtirish bo‘yicha  muayyan ishlar bajarildi. Shu bilan birga, qulay investitsion va ishbilarmonlik muhiti yaratilgani, natijada, O‘zbekistonda tadbirkorlar soni qariyb  ikki millionga yetgani aytildi.  

[gallery-12066]

O‘z navbatida Tadbirkorlar va ishbirmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi bugun yurtimizda olib borilayotgan xalqchil va hayotiy islohotlarning muvaffaqiyatli borishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan siyosiy kuch ekanligi qayd etildi.  

Partiyaning butun maqsad-istagi oliyjanob va tanti xalqimizga xizmat qilish, olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirish, yurtimizni dunyoning yetakchi davlatlari safidan o‘rin olishi uchun harakat qilishdan iborat ekanligi e’tirof etildi.  

Konferensiyada O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining XI S’ezdida qatnashish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasidan delegatlar saylandi.  

Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA