E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ilmiy tadqiqotlarga 150 mln. so‘mdan 250 mln. so‘mgacha grantlar ajratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlov shartlaridan o‘tgan loyihalar natijalariga qarab bir va ikki yilga qadar Jamg‘arma hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlov Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, moliyalashtirish va amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom talablari asosida o‘tkaziladi.
Tanlovga quyidagi hujjatlar qabul qilinadi (ilova).
Tanlovga hujjatlar 2022 yil 1 aprelga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita telefon raqami: 71-233-68-95