Yurtimizda seysmik xavfsizlikni ta’minlash, sohada ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va kadrlar tayyorlash borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, qurilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, raqamli qurilishni rivojlantirish, barqaror konstruktiv yechimlar, yerosti va yerusti shaharsozligi, «yashil» qurilish, geotexnika va qurilish materiallari yo‘nalishlarida zarur ilmiy tadqiqotlar masalasiga alohida yondashilmoqda.
Joriy yil 20 oktyabrda “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning maqsad va vazifalari qanday? Umuman, seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?
Shu kabi masalalar yuzasidan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Bahrom To‘laganovning fikrlariga qiziqdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/xfbY7gV-lOg?si=AJKUMOasSbu2Qluy" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA