Sevil Yuldasheva Tailand kortlarida porlamoqda
Tailandda tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan W15 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda Sevil Yuldasheva mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.
Yosh tennischimiz mazkur turnirning yakkalik bahslari ilk davrasida yaponiyalik Yui Chikaraishiga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Sevil 2:6, 6:2, 3:0 hisobida oldinda borayotgan bir vaziyatda, raqibi bahsni davom ettirishdan bosh tortib, mag‘lubiyatini tan oldi.
Shu tariqa, S.Yuldasheva musobaqaning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi. Endi u chorak final ostonasida tailandlik tennischi Pingtarn Plipuyech bilan to‘qnash keladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA