FOTOTANQID
Mamlakatimizda aholining ekologik madaniyatini oshirish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindi tashish ishlari tartibga solish chora-tadbirlari tobora dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Ammo hali ham bu sohada o‘z vazifasiga panja orasidan qarayotgan mutasaddilar borligi achinarli.
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Sevaz” MFY hududidagi ushbu manzaralar kishi dilini xira qilishi tabiiy hol. Ko‘rib turganingizdek, bu yerda ekologik vaziyat bugun ayanchli ahvolga kelib qolgan. Tuman aholisining norasmiy “poligon”iga aylangan qir va jarliklar turli xil maishiy va qurilish chiqindilariga to‘lgan. Yaqin atrofda yashovchi kishilar esa bundan aziyat chekmoqda. Mahalliy aholining aytishicha, bu yerlar yovvoyi hayvonlar makoniga ham aylangan. Hududiy “Toza hudud” DUK vakillari esa ushbu chiqindizorga qachon kelishganini hech kim eslolmaydi ham.
[gallery-15635]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA