Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sevastopolga raketa hujumi uyushtirildi. 24 iyun – shaharda motam kuni
23:29 / 2024-06-23

Sevastopol shahri ma’muriyati rahbari Mixail Razvojayev bugun soat 12:20 atrofida shaharga raketa zarbasi yo‘llangani haqida xabar berdi. Beshta havo nishoni yo‘q qilingan.

TASS Rossiya Mudofaa vazirligi tarqatgan xabarga tayanib yozishicha, to‘rtta raketa urib tushirilgan. Yana bir raketa havo hujumidan mudofaa vositalari harakati natijasida oxirgi bosqichda parvoz yo‘nalishiidan chetga og‘ib, jangovar qismi shahar uzra portlagan.

Raketa parchalari shaharning bir necha tumaniga tarqalgan. Jumladan, Sevastopol rahbari o‘rinbosari Aleksandr Kulagin Uchkuyevka hududidagi plyajga ham raketa sinig‘i tushganini aytdi. Shuningdek, raketa qoldiqlari zarbasi oqibatida turar joylardan birida va o‘rmonda yong‘in chiqqan.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 5 kishi halok bo‘lgani, 124 kishi jarohatlanganini ma’lum qildi. Sevastopol shahri ma’muriyati rahbari 24 iyun – shaharda qurbonlar xotirasiga motam kuni, deb e’lon qildi.