Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Seulda qonunchilarning nufuzi ko‘tarildi
12:40 / 2025-07-04

Janubiy Koreya bir muddat siyosiy inqirozni boshdan o‘tkazgandan keyin ba’zi me’yorlarga o‘zgarish kiritmoqda. Masalan, mamlakat qonunchilari harbiy holat to‘g‘risidagi qoidani qayta ko‘rib chiqish uchun ovoz berdi: endi ularning Milliy assambleyaga kirishiga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

BBC xabariga ko‘ra, ushbu qaror sobiq Prezident Yun Sok Yol o‘tgan yil dekabr oyida qisqa muddatli harbiy holat e’lon qilganda yuzaga kelgan tartibsizlik tufayli qabul qilingan.

Yangi nizom armiya va politsiya Milliy assambleyaga spikerning ruxsatisiz kirishini ham cheklaydi.

Musulmon Ziyo, O‘zA