English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Seul xorijiy tibbiy turistlar uchun soliq imtiyozini tugatadi (+video)
18:19 / 2025-12-22

Janubiy Koreya xorijlik bemorlarga kosmetik jarrohlik amaliyotlari uchun berib kelingan 10 foizlik soliqni qaytarish imtiyozini 31 dekabrdan bekor qilishini e’lon qildi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi. Rasmiylar ushbu qaror orqali dunyoning eng mashhur tibbiy turizm markazlaridan biri bo‘lgan Seulga xorijiy bemorlar oqimini qisqartirishni ko‘zlamoqda.

Mazkur soliq imtiyozi 2016 yilda joriy etilgan bo‘lib, yuz torttirish, terini yoshartirish, ko‘krakni kattalashtirish va qovoq operatsiyalari kabi estetik muolajalarni qamrab olgan. Biroq bu qaror Koreya plastik jarrohlar assotsiatsiyasi tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Ularning fikricha, imtiyoz bekor qilinishi narxlarni oshiradi va xorijiy bemorlar oqimini kamaytiradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya 2024 yilda asosan Xitoy, Yaponiya va AQSHdan kelgan 1,17 million tibbiy turistni qabul qilgan. Xorijiy bemorlar sog‘liqni saqlash xizmatlariga 840 million dollar sarflagan, ularning katta qismi dermatologik va estetik muolajalarga to‘g‘ri kelgan.  

Mutaxassislar soliq imtiyozining tugatilishi Janubiy Koreyaning tibbiy turizm bozoridagi raqobatbardoshligini pasaytirib, bemorlarning Singapur va Tailand kabi boshqa davlatlarga yo‘nalishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rBRIkNHGgjQ" title="Seul xorijiy tibbiy turistlar uchun soliq imtiyozini tugatadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA