Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Seul: sobiq prezidentning sudi jonli efirda uzatiladi
10:24 / 2026-02-11

Janubiy Koreya sobiq yetakchisi Yun Sok Yol ustidan chiqariladigan hukm kelasi hafta jonli efirda namoyish etiladi. Rasmiy Seul telekanallarning so‘rovini qanoatlantirib, 19 fevral kuni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadigan sud majlisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatishga ruxsat berdi, deb yozmoqda “Yonhap” axborot agentligi.

Ma’lumki, o‘lka sobiq davlat rahbari 2024 yil 3 dekabr kuni harbiy holat e’lon qilish orqali konstitutsion tuzumni ag‘darishga urinishda ayblanmoqda. Tergov materiallariga ko‘ra, u parlamentni bloklash, deputatlarning ovoz berishini to‘sish va siyosiy yetakchilarni hibsga olish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Prokuratura uni “qo‘zg‘olon bosh tashkilotchisi” deb atab, o‘lim jazosi talab qilgan.

Mazkur jarayonda sobiq mudofaa vaziri va yuqori martabali xavfsizlik amaldorlari ham sud qilinmoqda. 19 fevraldagi hukm nafaqat Yun, balki mamlakatdagi butun siyosiy elita uchun burilish nuqtasiga aylanishi mumkin.

Musulmon Ziyo, O‘zA