Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan yillar davomida sovuqlashgan munosabatlarni yaxshilash maqsadida bir qator takliflarni o‘rganmoqda. Bu haqda o‘lkaning Qo‘shma ishlar vazirligi matbuot kotibi Koo Byung Sam ma’lum qildi.
Rasmiylar ommaviy axborot vositalarida tarqalgan Shimoliy Koreyaga sayohat qilishga ruxsat berish g‘oyasiga bevosita izoh bermadi, biroq bu tashabbus xalqaro sanksiyalarni buzmasligi mumkinligi ta’kidlandi.

Prezident Li Chje Myon o‘z ma’muriyatining ustuvor vazifasi sifatida Pxenyan bilan aloqalarni tiklashni ko‘zlamoqda. Tashqi siyosatdagi yumshatish choralari doirasida u chegarada ishlatilgan targ‘ibot eshittirishlarini va Shimol yetakchilarini tanqid qiluvchi varaqa tarqatish kampaniyalarini to‘xtatgan.
Pxenyanda yaqinda foydalanishga topshirilgan “Vonsan” sohil kurorti turizmni rivojlantirishga qaratilgan loyiha sifatida taqdim etilmoqda, biroq hozircha u xorijiy sayyohlar, jumladan janublik qardoshlar uchun ochiq emas.

2008 yilgacha Janubiy Koreya fuqarolari Kumgang tog‘lari hududiga sayohat qilgan edi, ammo bir sayyoh Shimol askari tomonidan o‘ldirilganidan so‘ng bu tashriflar to‘xtatilgan. Endilikda Seul Pxenyan bilan muloqotni qayta yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini sinchiklab o‘rganmoqda.
Musulmon Ziyo, O‘zA