Nukusda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, sektor va tegishli soha rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi M.Kamalov boshqarib bordi.
Sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida ishlab kelgan Farxat Allambergenov sog‘ligi tufayli o‘z arizasiga muvofiq ishdan ozod qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasi, 10-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori kelishuvi bilan shu kungacha Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan adliya katta maslahatchisi Tadjiyev Erkabay Aminovich nomzodi taklif qilindi va deputatlar uning tarjimai holi bilan tanishtirildi.
Erkabay Tadjiyev 1975 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tavallud topgan. Qoraqalpoq davlat universitetini, Bosh prokuratura Oliy o‘quv kursini tamomlagan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - huquqshunos.
U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, Toshkent viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan, 2019 yildan Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimida ishlab kelayotgandi.
[gallery-8018]
Sessiyada Tadjiyev Erkabay Aminovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tasdiqlandi.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev ishtirok etdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA